Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«Keyingi o‘yinda yanada ko‘proq muxlislarni kutamiz» - Vadim Abramov «Andijon» ustidan g‘alaba, 100-o‘yini, Stanoyevich va hal qiluvchi so‘nggi ikki o‘yin haqida

«Keyingi o‘yinda yanada ko‘proq muxlislarni kutamiz» - Vadim Abramov «Andijon» ustidan g‘alaba, 100-o‘yini, Stanoyevich va hal qiluvchi so‘nggi ikki o‘yin haqida

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Andijon» (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Odatdagidek, mavsum yakunidagi o‘yinlar qiyin o‘tadi. Ikkinchi golni urganimizdan so‘ng biroz xotirjamlikka berildik. Raqibga imkoniyatni berib qo‘ydik. Ularni ham bir qator kuchli jihatlari bor. Darvozamiz tomonda ko‘p burchak zarbalari amalga oshirildi. O‘yinni tashlab qo‘yganimizdan keyin raqibga imkoniyatni boy berdik va bir qator xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Albatta, muxlislarimiz uchun o‘ynaymiz. O‘yinni yanada ko‘proq nazorat qilishimiz kerak.

- Birinchi bo‘limdan keyin Ulug‘bek Hoshimovni almashtirdingiz. Uning o‘yini va tiklanish jarayoni haqida nima deya olasiz?
- Bu bahs Ulug‘bekning jarohatidan tiklanib qaytganidan so‘ng asosiy tarkibdagi birinchi o‘yini edi. Bilamizki, asta-sekin tiklanib boradi. Shu sababli uni almashtirdik.

- O‘yindan oldin muxlislar 100-o‘yiningizga atab banner ko‘tarishdi...
- Ochig‘i, statistikani uncha kuzatmayman. Albatta, bu ancha yoqimli va buning uchun hammaga rahmat. Xursandman. Shu bilan birga yigitlarga mehnati uchun katta rahmat. Ayniqsa, yubiley va undan keyingi uchrashuv doim qiyin o‘tadi.

- «Dinamo» o‘yinchilariga bir qator takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalayapti. Ularni tarkibda saqlab qolish borasida qanday ishlar qilinayapti?
 - O‘yinchilarimizga boshqa jamoalardan takliflar bo‘layotgani rost, biz ham ularni saqlab qolishga harakat qilamiz. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Bu jarayon futbolda normal holat.

- So‘nggi ikki o‘yin juda muhim ahamiyatga ega...
- Mas’uliyatni yaxshi anglab turibmiz. Oldindan nima bo‘lishi hech kim bilmaydi. Mavsum yakunida bu imkoniyatdan foydalanish kerak. Muxlislarimizni ranjitishni xohlamaymiz, keyingi o‘yinda yanada ko‘proq tomoshabinlarni kutamiz.

- Marko Stanoyevich himoyada ishonchli o‘ynamoqda, so‘nggi ikki o‘yinda raqiblarda deyarli jiddiy imkoniyat yuzaga kelmayapti...
- Tarkibda yo‘qotishlar, jarohatlar bor, shu pallada u tajribasi bilan yordam bermoqda. Biz Markoga rahmat aytishimiz kerak. Aqlli futbolchi. Biz undan yana ko‘p narsa kutamiz. Kuchli tomonlarini bilamiz. Afsuski, bugun oddiy vaziyatda Dmitriy Pletnyov mavsumdagi 4-sariq kartochkasini oldi va «Qo‘qon-1912» bilan o‘ynamaydi.

- “Dinamo” 6 ta o‘yindan 5 tasida g‘alaba qozondi. Tarkibda yo‘qotishlar ham bor, qiyinchiliklar haqida ham eshityapmiz. Jamoani qanday ruhlantiryapsiz?
- Bu borada menda katta tajriba bor. Qaysi jamoalar bilan ishlagan bo‘lsam, bunday muammolar bo‘lgan. Tajribamga tayangan holda ishlayapman, - dedi Vadim Karlenovich.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:59, 15.11.2025.
O'qildi: 1032 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.