Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kante Yevropaga qaytish haqidagi savolga javob berdi

Kante Yevropaga qaytish haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+1 | -

Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi va Fransiya terma jamoasi himoyachisi N'Golo Kante uning Yevropaga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Hozircha "Parij"ga yoki Liga 1ning boshqa biror klubiga o‘tishim noma’lum. Hozircha bu savolni o‘ylab ko‘rmadim. Hozirda "Al-Ittihod" bilan amaldagi shartnomam bor. Fransiyaga ko‘chib o‘tishni istisno qilmayman, ammo bu hozircha dolzarb emas," - deya 34 yoshli yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi AS.

Tajribali yarim himoyachi 2023 yilning yozidan buyon saudiyaliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Kantening bozor narxi besh million yevroga baholanmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Kiritildi: 16:12, 16.11.2025.
O'qildi: 1145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик