Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"2019 yildan beri bosimni his qilyapman": Xoland - Italiyaga qarshi o‘yin oldidan

"2019 yildan beri bosimni his qilyapman": Xoland - Italiyaga qarshi o‘yin oldidan

Baho:
+ | -

Norvegiya terma jamoasi forvardi Erling Xoland jamoaning JCH-2026 saralashi doirasidagi Italiyaga qarshi hal qiluvchi o‘yinidan nimalarni kutayotgani haqida gapirdi.

Hujumchi terma jamoaga ilk chaqiruvidanoq bosim unga hamroh bo‘lganini tan oldi, biroq hozirda u bosimni yengishni yaxshiroq uddalamoqda.

"Terma jamoaga ilk bor kelgan 2019 yildan beri bosimni his qilib kelaman. Ammo hozir men bu bilan yashashni o‘rgandim - tajribaliroq, xotirjamroq, ishonchliroq bo‘ldim. Bu bizning so‘nggi o‘yinimiz ekanini tushunamiz va jahon chempionatiga chiqish uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak. Bizda bitta o‘yin bor, ammo uch ochko olish mumkin - biz albatta g‘alaba qozonishga harakat qilamiz," - dedi Xoland.

O‘yin 16 noyabr kuni tunda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:21, 16.11.2025.
O'qildi: 855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик