Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gattuzo Norvegiyadan uchralgan yirik mag‘lubiyatga izoh berdi

Gattuzo Norvegiyadan uchralgan yirik mag‘lubiyatga izoh berdi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Norvegiya termasiga qarshi uy uchrashuvidagi mag‘lubiyatga (1:4) munosabat bildirdi.

"Birinchi navbatda muxlislarimizdan uzr so‘rashimiz kerak, chunki 1:4 - bu og‘ir natija. Alam qiladi, axir birinchi bo‘lim juda yaxshi o‘tdi, biz haqiqiy jamoa edik, lekin asosiy ko‘ngilsizlik shundaki, ikkinchi bo‘lim bu darajaga mos kelmadi.

Norvegiyani tabriklayman. Tanaffusdan keyin bizda jiddiy muammolar paydo bo‘ldi.

Darajamizni yo‘qotib qo‘ydik. Birinchi bo‘limda to‘g‘ri pressing qildik, ammo keyin to‘pni yo‘qota boshladik, Norvegiyaga bo‘shliq berdik. To‘pni yo‘qotdik, uzatmalarda xato qildik - mana nima bo‘ldi," - deya italiyalik murabbiyning so‘zlarini keltiradi RAI Sport.

Kiritildi: 06:31, 17.11.2025.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик