Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Suares: "Mashina yuvardim, ishlatilgan telefon kartalarini kolleksionerga sotib, o‘zimni boqardim"

Suares: "Mashina yuvardim, ishlatilgan telefon kartalarini kolleksionerga sotib, o‘zimni boqardim"

Baho:
+ | -

"Inter Mayami" hujumchisi Luis Suares qiyin bolaligi haqida gapirdi.

- Bolaligingizda hayotingiz qanday bo‘lgan?

- Juda qiyin va murakkab. Biz oltita aka-uka va opa-singil edik, hammamizni boqish qiyin edi.

Ota-onamiz ajrashib ketishdi, onam bir o‘zi savdo markazida ishlar, hojatxonalarni tozalardi. 9-10 yoshimda u ishlab topgan pulni yeb-ichishimiz, biror narsa xarid qilishimiz uchun olib kelishga majbur bo‘ldim.

Doimiy ravishda ko‘plab qiyinchiliklar bo‘ldi. Uyga pul olib kelish uchun mashinalarni yuvdim. O‘sha paytda odamlar telefon kartalarini ishlatib bo‘lgach, ko‘chalarda tashlab ketishardi. Ularni sotib olib, yig‘ib yuradigan odam bor edi. Borib qarta yig‘ib, unga sotardim.

Bolaligimda ko‘p narsani qurbon qildim va bundan afsuslanmayman, chunki tirik qolish va qorin to‘ydirish uchun uddaburon bo‘lishim kerak edi. Men buni qadrlayman", - dedi "Liverpul" "Barselona," "Atletiko" va Urugvay terma jamoasining sobiq forvardi.

Kiritildi: 16:38, 17.11.2025.
O'qildi: 975 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик