Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Fabio Kannavaro: «Terma jamoa safida juda aqlli futbolchilar borligi — bu mening omadim»

Fabio Kannavaro: «Terma jamoa safida juda aqlli futbolchilar borligi — bu mening omadim»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Eronga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrini bildirdi.

"Eron Osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri. Bu jamoa safida yaxshi murabbiy va yaxshi futbolchilar bor. Ularga qarshi o‘ynash oson emas. Maydonda bir kishi kam bo‘lib qolganimizdan keyin qiyinchilik qarshi tura olishimizni futbolchilarimiz tushunib yetishdi va bir jamoa bo‘lib o‘ynashdi. Bunday kuchli jamoaga qarshi bir kishi kam bo‘lib o‘ynash hamisha qiyin bo‘ladi. Lekin biz vaziyatni juda yaxshi nazorat qildik.

Birinchi kuni aytib o‘tganimdek, jamoada ko‘p narsani o‘zgartirishni istamayman. Jamoadagi ba’zi jihatlarni yaxshilashga harakat qilaman. Ko‘proq himoyadan orqali hujumga o‘tishga, balansni ushlashga harakat qildik. To‘p bilan ham, to‘psiz vaziyatlarda ham. Ba’zi vaziyatlarda yuqori pressing uyushtirishga intildik. Bizda vaqt kam bo‘lgani uchun ko‘p narsalarni o‘zgartira olmaymiz. Terma jamoa safida juda aqlli futbolchilar borligi — bu mening omadim. Ular mashg‘ulot jarayonida zavq bilan ishlashyapti.     Terma jamoada ichki muhit yaxshi ekanini ko‘ryapman. Lekin albatta jismoniy jihatdan yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlarimiz bor.

Yaqinda futbol mavsumi yakuniga yetadi. Yevropada futbolchilar uchun esa mavsum davom etadi. Shuning uchun martdagi yig‘inimiz ham oson bo‘lmaydi. Shunga qaramay, jismoniy jihatdan o‘sishimiz kerak.

Albatta, terma jamoaga jalb etilgan yangi mutaxassislarning foydasi tegadi. Futboldagi mayda detallar keyinchalik yaxshi natijaga olib keladi. Nutrisiolog ish boshlagani uchun g‘alaba qozondik, deb ayta olmayman.

Penaltilar bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishladik. Qaysi o‘yinchilar yaxshi penalti tepishini ko‘rib oldim va shundan kelib chiqib futbolchilarni tanladim. Lekin penaltilar yakuni ba’zida ijobiy tugasa, ba’zida salbiy bo‘ladi. Bugun omadimiz keldi va Kubokni O‘zbekistonga olib ketamiz", — dedi Kannavaro.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:50, 18.11.2025.
O'qildi: 4046 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик