Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Javohir Sindarov: «Umid qilamanki, Yoqubboyev ikkimiz ham Nomzodlar turniriga yo‘llanma olamiz»

Javohir Sindarov: «Umid qilamanki, Yoqubboyev ikkimiz ham Nomzodlar turniriga yo‘llanma olamiz»

Baho:
+ | -

FIDE Jahon kubogi chorak finalida Javohir Sindarov Xose Martinesni tay-breykda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. U o‘yindan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

“Birinchi partiya men uchun juda og‘ir bo‘ldi. Debyutdan keyin ham pozisiyam yoqmagan edi. Keyinroq bitta piyoda ustunlikka ega edim, ikki fil­im va yaxshi ruxlarim bor edi, hammasi joyiga tushayotgandek tuyuldi. Lekin Nc3–Ne6 g‘oyasini ko‘rmay qoldim, Rf2–Rf3 yurishi ishlamadi va oxirida partiyani yutqazdim. O‘sha payt juda xafa bo‘ldim va o‘zimga: "Endi ikkinchi partiyani juda yaxshi o‘ynashing kerak", dedim”.

“Ikkinchi partiyani ancha yaxshi o‘ynadim. Raqib Qc1 yurishini o‘tkazib yubordi, men esa katta ustunlikka erishdim. U g5 kabi yurishlar bilan meni chalg‘itishga harakat qildi, avvaliga qo‘rqdim, lekin vaqt ajratib hisoblab chiqdim va eng yaxshi yurishlarni topdim”.

Tay-breyk oson kechmadi:

“10+10 vaqt nazoratida o‘ynash ham oson emas. Birinchi rapid partiya ancha ishonchli, xavfsiz o‘tdi. Ikkinchi o‘yinda esa debyutdan keyin pozisiya deyarli durang edi. Shunga qaramay, endshpilga o‘tib nimadir qilmoqchi edim. Birdaniga katta ustunlik oldim, lekin vaqt kamligida har qanday natija bo‘lishi mumkin”.

U avvalgi intervyularda blisni o‘zining eng kuchli tomoni emasligini aytgandi:

“Rostini aytsam, birinchi navbatda ikkinchi partiyani yutirishim kerak edi. Birinchi mag‘lubiyatdan keyin juda tushkun edim. Lekin g‘alabadan so‘ng o‘zimni ancha yaxshi his qildim. Avvaliga u deyarli xato qilmaydigandek ko‘rinardi, lekin ikkinchi partiyadan keyin "u ham odam, u ham xato qilishi mumkin" degan fikr paydo bo‘ldi. Ikkinchi rapid matchni, o‘ylashimcha, juda yaxshi o‘ynadim”.

Endi esa Javohir yarim finalda do‘sti Nodirbek Yoqubboyevga qarshi maydonga tushadi:

“20 yildan keyin (Rustam Qosimjonovning 2004-yildagi g‘alabasidan so‘ng) yana bir o‘zbek finalga chiqadi. Bu – mamlakatimiz uchun juda katta voqea. Umid qilamanki, ikkalamiz ham Nomzodlar turniriga yo‘llanma olamiz. Endi eng muhimi – do‘stimga qarshi chiroyli shaxmat o‘ynash”.

Manba: https://t.me/uzchess
Kiritildi: 21:28, 19.11.2025.
O'qildi: 1334 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик