Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Hozirda "Alaves"da o‘ynayotgan "Real"ning sobiq futbolchisi: "Ronaldudan ko‘p narsalarni o‘rganganman"

Hozirda "Alaves"da o‘ynayotgan "Real"ning sobiq futbolchisi: "Ronaldudan ko‘p narsalarni o‘rganganman"

Baho:
+ | -

"Real"ning sobiq hujumchisi Mariano Dias Krishtianu Ronaldudan nimani o‘rganganligi haqida gapirdi.

Futbolchi 2016/17 yilgi mavsumda "Real"ning doimiy o‘yinchisiga aylandi. Klub Karim Benzema, Garet Beyl va Ronaldudan iborat hujum triosi bilan La Liga va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. Mariano 14 uchrashuvda beshta gol urdi.

"O‘sha yil aql bovar qilmaydigan bo‘ldi. Biz Chempionlar Ligasidagi har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimizni his qildik. Biz juda va juda jozibali futbol o‘ynadik. Krishtianu hujumda zo‘r edi, hamma o‘zining eng zo‘r formasida edi.

Men Krishtianudan ko‘p narsani o‘rgandim: to‘g‘ri tartib, mashg‘ulotlarga erta kelish, qanday davolanish, mashq qilish, tiklanish, o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish - hammasi. Va’dalarni bajarish, yetakchilik va shu kabi narsalarni o‘rgandim. Bu men o‘ynagan eng yaxshi jamoalardan biri edi.

Mashg‘ulotlarda jamoa ikkiga bo‘linib o‘yin o‘tkazardi: A jamoa B jamoaga qarshi. A jamoa mashg‘ulotlarda g‘alaba qozonmaguncha, o‘yinlar tugamasdi. Ba’zida ular qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tishardi, keyin esa oltin gol kiritilardi. Biz kambek qilish uchun tayyorgarlik ko‘rardik va Madrid har doim yakunda g‘alaba qozonardi", dedi hozirda "Alaves"da o‘ynayotgan Mariano.

Kiritildi: 22:20, 19.11.2025.
O'qildi: 1043 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик