Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Infografika. Messi praymi - kosmos, yozgi sof xarajat salmog‘i va boshqa tafsilotlar

Infografika. Messi praymi - kosmos, yozgi sof xarajat salmog‘i va boshqa tafsilotlar

Baho:
+ | -

Har bir futbolchida eng yorqin vaqt (praym) bo‘lishi tabiiy. Agar Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning eng yaxshi mavsumini o‘zaro solishtirsak, argentinalik ustun. Umuman, 21-asrda futbolchilar tomonidan qayd etilgan eng samarador 10ta praym (mavsum ma’nosida)ni olsak, 6tasi Leoga, 3tasi Krishga tegishli. Shuning barobarida Ronalduning eng yaxshi mavsumi Messining 3-mahsuldor praymi bilan teng.

***

YOZGI SOF XARAJAT SALMOG‘I

«Arsenal» oxirgi yozgi transferlar bozorida sof xarajat miqdori bo‘yicha «Liver­pul»dan ham o‘zib ketdi - 283 million yevro. Sof xarajat - bu futbolchilar xaridiga yo‘naltirilgan mablag‘ va sotuv orqali topilgan pul o‘rtasidagi farq. E’tiborli fakt: kamtarin «Sanderlend» sof xarajat borasida 6-o‘rinni band etdi, Turkiyaning «Galatasaroy» klubi esa 8-qatorda qayd etildi.

***

«OT» BO‘YICHA KLUBLAR POYGASI

«Oltin to‘p» bu safar Usmon Dembelega nasib etganidan so‘ng klublar o‘rtasidagi reytingda kichik o‘zgarish bo‘ldi. Ya’ni «PSJ» kamida 2 nafar futbolchisi «OT»ga ega chiqqan 9ta klub qatoriga qo‘shildi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga qarasak, klublar o‘rtasidagi «Oltin to‘p» poygasida «Barselona» oldinda. So‘rov tarixida jamoaning 7 nafar futbolchisi 13 marta laureat bo‘lgan. «Real» esa 10ta «OT» bilan 2-o‘rinda.

***

BUTUN BOSHLI LIGALAR HAM ORQADA...

Eh, «Liverpul»... Arne Slot jamoasi yozgi transferlar vaqti yangi futbolchilar xaridiga naq 484 million yevro ajratdi, ammo... Qarang, «qizillar» rahbariyati xarajat bobida serhimmat shayxlarga to‘la butun boshli Saudiya Arabistoni ligasini ham ortda qoldirdi. Ishonish qiyin, albatta. APL klublari xo‘jayinlari esa yozda arablarga nisbatan 7-8 karra himmatliroq bo‘lib chiqishdi. Qoyil.

***

«CHELSI» VA BOULINING QOYIL TOMONI

Todd Bouli boshqaruvidagi «Chelsi» yozda futbolchilar sotuvidan eng ko‘p pul ishladi - 342 million yevro. Bu masalada «Bornmut» va «Bayer»ning ishlari ham chakki emas. «Liverpul»da kirim yaxshi, shuning barobarida chiqim juda katta, juda...

***

TARIXDA MUTLAQ REKORD!

«Liverpul» yozda futbol tarixida bitta transferlar bozorida deyarli yarim milliard yevro sarflagan birinchi klub bo‘ldi - mutlaq rekord. «Qizillar» bu borada 2023 yilgi «Chelsi» va «Al-Hilol»ni ortda qoldirishdi. O‘shanda London jamoasi yangi futbolchilar xaridi uchun 464 million yevro ajratgan bo‘lsa, Saudiya grandi 353 «limon»ga teng chiqim bilan «portlash» effektini yuzaga keltirgandi.

***

YANA MESSI - RONALDU

Lionel Messi joriy mavsum professional futbol tarixida 875ta gol marrasini eng tez zabt etgan to‘purarga aylandi. Argentinalik yulduz bu marraga 38 yoshida erishdi va azaliy raqobatchisi Krishtianu Ronaldu rekordini yangiladi.

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:44, 19.11.2025.
O'qildi: 1261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик