Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Barselona"ning ikki yetakchi futbolchisi jarohatlarini davoladi va asosiy tarkibda maydonga tushadi

"Barselona"ning ikki yetakchi futbolchisi jarohatlarini davoladi va asosiy tarkibda maydonga tushadi

Baho:
+ | -

La Liganing navbatdagi turida "Atletik" Bilbaoga qarshi kechadigan o‘yinda darvozabon Joan Garsiya va vinger Lamin Yamal ilk daqiqalardan maydonga tushishga tayyor.

Ikkala futbolchi ham jarohatlarini davolashdi. Catalunya Radio xabariga ko‘ra, agar rejalashtirilmagan hech narsa sodir bo‘lmasa, shanba kuni Xans-Diter Flik ikkalasini ham asosiy tarkibda tushiradi.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal xalqaro tanaffus boshlanishi arafasida maydonga tusha olmadi va shu sababli Ispaniya terma jamoasining noyabr oyidagi uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi.

Joan Garsiya sentyabr oyi oxiridan beri jarohati tufayli safdan chiqqan edi. "Barselona" La Liga 12-turidan keyin turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 06:41, 20.11.2025.
O'qildi: 1672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик