Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Dembele qaytishga yaqin, ammo "PSJ" tavakkal qilishni istamayapti

Dembele qaytishga yaqin, ammo "PSJ" tavakkal qilishni istamayapti

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele tez orada safga qaytishi kerak.

Fransuz oy boshida "Bavariya"ga qarshi kechgan o‘yinda jarohat olgandi. "Oltin to‘p" sohibi "Lion"ga bahsni, shuningdek, Fransiya terma jamoasining noyabr oyidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi. Jurnalist Fabris Hokinsning yangilangan ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Tottenxem"ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida ishtirok etishi mumkin. Shanba kuni bo‘lib o‘tadigan Liga 1 doirasidagi "Gavr"ga qarshi o‘yinda ham qaytish ehtimoli yo‘q emas, ammo parijliklar yulduzning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaydi. Qaror juma kuni qabul qilinadi.

Usmon Dembele joriy mavsum Luis Enrike jamoasining 9 o‘yinida 3+2 natijasini qayd etdi.

Kiritildi: 05:22, 21.11.2025.
O'qildi: 437 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик