Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Hakimiyning agenti futbolchining "Real"ga qaytishi haqidagi savolga javob berdi

Hakimiyning agenti futbolchining "Real"ga qaytishi haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

"PSJ"ning o‘ng qanot himoyachisi Ashraf Xakimiy manfaatlarini himoya qilayotgan agent Alexandro Kamano futbolchining "Real"ga qaytishi haqida gapirdi.

Marokashlik futbolchi faoliyatini "Qirollik klubi"da boshlagan va 2020 yilda Milanning "Inter" klubiga o‘tishdan oldin klub tizimida jami 14 yilga yaqin vaqt o‘tkazgan.

"Hakimiyning "Real"ga qaytishi? U Parijda baxtli, "PSJ" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan, ammo futbolda imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. "Real" - uning uyi," - dedi Kamano SportMediaset nashriga bergan intervyusida.

Ashraf Hakimiy parijliklar safida 2021 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Afrikaning 2025 yildagi eng yaxshi futbolchisining transfer narxi Transfermarkt portali tomonidan 80 mln yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 08:27, 21.11.2025.
O'qildi: 3640 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик