Kirish Ro'yxatdan o'tish

Eze o‘zining yuqori narxi tufayli bosim haqidagi savolga javob berdi

Eze o‘zining yuqori narxi tufayli bosim haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Eze "Kristal Pelas"dan "kanonirlar" safiga o‘tish xarajatlari tufayli bosimga duch kelmayotganini aytdi.

- Bosim? Yo‘q. Buni imkoniyat deb bilaman. Maydonga chiqish, o‘z ishimni qilish, o‘zimni maksimal ko‘rsatish imkoniyati," - deya Eze so‘zlarini keltirmoqda Evening Standard.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" o‘tgan yozgi transfer oynasida Ezeni "burgutlar"dan qariyb 70 mln yevroga sotib olgan edi. U "Pelas" safida besh yil davomida to‘p tepdi, o‘tgan mavsumda Angliya kubogi g‘olibi, joriy mavsumda esa Angliya Superkubogi sohibi bo‘ldi.

Kiritildi: 08:37, 21.11.2025.
O'qildi: 977 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик