Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: "U — eng yaxshilaridan biri"

Gvardiola: "U — eng yaxshilaridan biri"

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida o‘z karyerasi davomida boshqargan futbolchilar orasida Bernardu Silvaning o‘rni haqida fikr bildirdi.

“U — eng yaxshilardan biri. Top-darajada. Juda yuqori sifat. Bernardu hammasini qila oladi. U gol yoki assistlar bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarda turmasligi mumkin, lekin u jamoaga va o‘ziga statistikaga kirmaydigan juda qimmatli narsalarni beradi.
Uning jamoaga qo‘shadigan hissasi o‘yinlarni yutishda beqiyos ahamiyatga ega. U, albatta, men boshqargan futbolchilar orasidagi eng zo‘rlardan biri,” — dedi Gvardiola.

Bernardu Silva “Siti” safida 2017 yil yozidan beri o‘ynab kelmoqda va Gvardiola tizimidagi eng universal, ishonchli va texnik jihatdan mukammal futbolchilardan biri sifatida e’tirof etilgan.

Kiritildi: 18:34, 21.11.2025.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик