Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Hakim Fuzaylov: "Ikkinchi taymda yana futbolga qaytdik"

Hakim Fuzaylov: "Ikkinchi taymda yana futbolga qaytdik"

Baho:
+ | -

"Andijon" - "Xorazm" (3:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Hakim Fuzaylov qatnashdi va OAV vakillariinng savollariga javob qaytardi.

- Uchrashuv natijasidan bilsa bo‘ladiki, qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Chempionatdagi 29-tur o‘yini o‘tkazildi. Doimgidek, uchrashuvni yaxshi boshladik, yaxshi harakat qildik. O‘yin davomida to‘pni yaxshi nazorat qildik. Afsuski, o‘tkazib yuborilgan uchta to‘pni o‘zimizga-o‘zimiz olib keldik. "Andijon" qarshi hujumlarda yaxshi o‘ynab, gollar urishga erishdi. Hech qanday imkoniyat qoldirmasdan uchta gol urdi. Gollar o‘tkazganimiz nima bilan bog‘liq? Mavsum oxiri, jarohat olganlar bor, shular bilan izohlayman. Tarkibda rotasiya bo‘ldi. Bundan hech qanday fojea yasab bo‘lmasligini ko‘rdik. Ikkinchi taymda yana futbolga qaytdik. Natijaga erishish mumkinligini isbotladik. Gol ura olishimizni, katta potensial bilan o‘ynashimiz mumkinligini ko‘rsatdik. Afsuski, navbatdagi mag‘lubiyatga uchradik. Shunday bo‘lsa-da, rahbariyatga jamoani Superligada saqlab qolishni va’da berganmiz. Chempionatdagi oxirgi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz va yaxshi o‘ynashga harakat qilamiz. Pley-off ham bo‘lishi mumkin va bunday jamoani saqlab qolishimiz kerak.

- Sardor Qobuljonov birinchi bo‘limda uchta gol o‘tkazib yubordi. Uni tanaffusdan keyin almashtirib yuborganingiz aynan o‘tkazilgan gollar bilan bog‘liqmi?

- Gap bunda emas. Futbolchi ancha muddat o‘ynamagandi. Mashg‘ulotlardagi harakatlari davomida u ancha yaxshi formadaligi ko‘ringandi. Murabbiylar shtabi bilan kelishib, uni maydonga tushirishga qaror qilgandik. Vaziyat shunday bo‘ldiki, 45 daqiqa ichida uchta to‘p o‘tkazib yuborganidan keyin biz Muhammajonovni maydonga tushirishga qaror qildik. O‘ylaymanki, to‘g‘ri qildik. Darvozabon uchun bir taymda uchta to‘p o‘tkazib yuborish yaxshi emas. Shu bois o‘zgarish qilishga harakat qildik.

- Vladimir Bubanya nega maydonga tushmadi?

- Nafaqat Bubanya, bundan tashqari o‘tgan safar maydondan chetlatilgan Abbos Otaxonov ham o‘yinni o‘tkazib yubordi. Bubanya haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, u o‘zini yomon his qildi. Bir qancha eski jarohatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shu sababli 100 foizli o‘yinni ko‘rsata olmasdi. Hatto, o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan o‘yinchilar ham bor. Jamoamizni keyingi o‘yinlarga tayyorlash asosiy vazifamiz hisoblanadi. Ayniqsa, jamoani pley-offga tayyorlash asosiy vazifamiz. Boshqalarga ham imkoniyat berishimiz kerak. Agar o‘yinchi o‘zini yomon his qilsa, uchrashuv muhim bo‘lsa ham maydonga tushmaydi. Mavsum tugayapti, buni tushunish lozim. Ba’zida charchoq alomatlari ham bo‘ladi. Buni natijasida o‘yinchi jarohat oladi.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 08:06, 22.11.2025.
O'qildi: 363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик