Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Akmal Shorahmedov: "Arkadag"ga qarshi boshqacha o‘yin sxemalarini o‘ylab qo‘yganmiz"

Akmal Shorahmedov: "Arkadag"ga qarshi boshqacha o‘yin sxemalarini o‘ylab qo‘yganmiz"

Baho:
+ | -

"Andijon" - "Xorazm" (3:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlarning vaqtinchalik bosh murabbiyi Akmal Shorahmedov qatnashdi va OAV vakillarining savollariga javob qaytardi.

- O‘yin juda muhim edi. "Xorazm" uchun ham oxirgi imkoniyat edi. Shu bois uchrashuvni oldindan qiyin o‘tishini bilardik. Yarim himoyada muammolarimiz ko‘p edi. Ikkinchi taym shunaqa bo‘lishini ham bilardik. Men kamdan-kam o‘yindan qoniqaman. Yutgan bo‘lsak ham hali ishlaydigan ishlarimiz ko‘p. Muhimi, natija. Ammo Superligada qolish va Osiyo Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun bundan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Natijadan qoniqdim, o‘yindan qoniqmadim. Yigitlarga yechinish xonasida aytdim, bundan yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. Kunimiz kam. Baribir "Arkadag"ga qarshi uchrashuvga yaxshiroq holatda chiqishga harakat qilamiz. 

- Ikkinchi bo‘limda jamoa erta himoyaga o‘tdi. Shundan keyin ikkinchi gol o‘tkazildi. Oxirida esa Islom Mamatkazin tushirildi va 5 ta himoyachiga o‘tildi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Ochiq aytishimiz kerak, hujumda kuchaytiradigan o‘yinchimiz yo‘q. Zaxirada yosh futbolchilar bor. Lekin meni fikrimcha, ular hozircha bizga yordam bera olmaydi. Baquvvat, jussasi katta futbolchilarga qarshi yosh yigitlarni tushirishdan ko‘ra 5 ta himoyachiga o‘tishni to‘g‘riroq deb o‘yladim. Oxirida natija uchun o‘ynadik, buni tan olamiz. Birinchi bo‘limda tezkor futbolchilarimiz o‘ynadi. Ikkinchi taymda tezkor yigitlarni almashtirganimizdan so‘ng o‘yinni berib qo‘ydik.

- Bektemir Abdumannonov  doim qanot o‘yinchisi hisoblanadi. Bugungi uchrashuvda esa o‘rtada o‘ynadi. Bu aynan futbolchilarni yo‘qligi sabablimi?

- Faqat bu sabab emas. Jamoada yarim yildan beri ishlab kelyapman. O‘zim uni oldindan o‘rtada ham o‘ynatishni xohlardim. Bektemirni o‘zi ham biladi, undan o‘rtada o‘ynashni bilasanmi deb so‘raganimdla "Olimpik"da ham o‘rtada o‘ynaganini aytdi. Muhammadkarim Toirov to‘rtinchi sariq kartochkasi tufayli bu o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgach, ikki kun davomida Bektemirni markazda tayyorladik. Bizga o‘rtada tezkor, kreativ o‘yinchi kerak. Hujumni tezlashtiruvchi futbolchi sifatida uni tanladik. Menimcha, birinchi taymda ko‘proq foyda berdi. Bundan keyin ham uni o‘sha pozitsiyada o‘ynatamiz.

- 26 noyabr kuni "Andijon"ni "Arkadag"ga qarshi yana bir muhim o‘yin kutib turibdi. Yana durang bo‘lsa, jamoa guruhda qolib ketishi mumkin.

- Buni o‘zimiz ham bilamiz. Bugungi uchrashuvda ham tavakkal qilib uchta hujumchi bilan tushdik. Qayerdadir orqada ham tavakkal qildik. Lekin natijasini berdi. "Arkadag"ga qarshi boshqacha o‘yin sxemalarini o‘ylab qo‘yganmiz. Qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz. Menimcha, "Arkadag" ham o‘yin borasida "Xorazm"dan u qadar kuchli emas. "Arkadag"da jismonan baquvvat o‘yinchilar bor. Bo‘lajak uchrashuvga tayyorlanish uchun vaqtimiz bor. Hujumkor o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bu oxirgi imkoniyatimiz. Tavakkal qilamiz.

- Debyutini o‘tkazgan Abbos Abdug‘afforovning o‘yini haqida fikringiz qanday?

- Ko‘ryapsizlar, bizda tayanch yarim himoyasida o‘yinchilarimiz yo‘q. Bu bolani U21 o‘yiniga borib kuzatganimda menga yoqib qolgandi. Shuning uchun qo‘rqmasdan asosiy tarkibda tushirdik. Agar o‘zimga yoqsa kimnidir asosiy tarkibda maydonga tushirishdan qo‘rqmayman.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 08:09, 22.11.2025.
O'qildi: 1194 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.