Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

"Chelsi" afsonasi doping sinovlari tartibini o‘zgartirishni talab qilmoqda

"Chelsi" afsonasi doping sinovlari tartibini o‘zgartirishni talab qilmoqda

Baho:
+ | -

"Chelsi"ning sobiq sardori Jon Terri UYEFA va FIFAga murojaat qilib, doping testlarini topshirish qoidalarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bunga Shotlandiyaning JCH-2026ga chiqqanidan keyingi tarixiy lahza sabab bo‘ldi. Terma jamoa Daniyani 4:2 hisobida mag‘lub etdi, ammo barcha futbolchilar ham bayram quvonchini baham ko‘ra olmadi.

Shotlandiya terma jamoasi futbolchisi Jon Makginn final hushtagidan so‘ng darhol doping-test uchun maxsus xonaga yuborildi, shu sababli u bayramning bir qismini o‘tkazib yubordi.

"Kecha Shotlandiya bilan o‘yinni tomosha qilgan har bir kishi Jon Makginning o‘yindan keyingi hissiyotlari va intervyusini ko‘rdi. U bugun ertalab ijtimoiy tarmoqlarda, afsuski, o‘yindan keyin dopingga tekshirilgani haqida xabar qoldirgan. Test sinovlari alohida xonada, bayramlardan alohida o‘tkaziladi", - deya ta’kidladi Terri.

Terri o‘zining shaxsiy misolini ham keltirdi. 2012 yilgi Chempionlar Ligasi finalida "Bavariya"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonganidan so‘ng, Pyotr Chex an’anaviy jamoaviy fotosuratlarda deyarli ko‘rinmadi - darvozabon ham majburiy sinovdan o‘tdi.

"Siz bayramni, barcha fotosuratlarni o‘tkazib yuboryapsiz. Bu Pyotr Chex bilan 2012 yilda Myunxenda sodir bo‘lgan. Biz Chempionlar Ligasini yutdik, tarixdagi eng yaxshi kecha, lekin suratlarda Chex yo‘q, chunki u boshqa xonada edi. O‘ylaymanki, UEFA va FIFA bunga e’tibor qaratishi kerak", - deya Jon Terrining so‘zlarini keltiradi Thechelseachronicle.

Kiritildi: 11:35, 22.11.2025.
O'qildi: 886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.