Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Liga-1. Pogba debyuti qilgan o‘yinda «Monako» bir kishi kam bo‘lib «Renn»ga yirik hisobda yutqazdi

Liga-1. Pogba debyuti qilgan o‘yinda «Monako» bir kishi kam bo‘lib «Renn»ga yirik hisobda yutqazdi

Baho:
+ | -

Fransiya Liga 1 musobaqasining 2025/2026 yilgi mavsumi 13-turidan o‘rin olgan «Renn» — «Monako» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 4:1 hisobida yirik g‘alaba qozondilar.

Uchrashuvning birinchi golini «Renn» yarim himoyachisi Abdulhamid Ait Budlal 20-daqiqada urdi. Ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Mahdi Kamara hisobdagi farqni oshirdi.

66-daqiqada mehmonlar safidagi Denis Zakariya qizil kartochka oldi. «Renn»ning sobiq «Monako» hujumchisi Bril Embolo 73-daqiqada hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 83-daqiqada Lyudovik Blas mezbonlarning to‘rtinchi golini kiritdi.

85-daqiqada «Monako» yarim himoyachisi Pol Pogba maydonga tushirildi. 90+5-daqiqada mehmonlar hujumchisi Mika Biyeret hisobni qisqartirgan bo‘lsa-da, o‘yin 4:1 hisobida «Renn» foydasiga yakunlandi.

13 ta o‘yindan so‘ng «Monako» 20 ochko bilan Fransiya chempionati jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. «Renn» esa 21 ochko bilan 5-pog‘onada joylashgan.

Fransiya — Liga 1. 13-tur
Renn — Monako — 4:1
Gollar: 1:0 — Ait Budlal, 20', 2:0 — Kamara, 48', 3:0 — Embolo, 73', 4:0 — Blas, 83', 4:1 — Biyeret, 90+5'
Chetlatishlar: Zakariya, 66' (Monako)

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:49, 23.11.2025.
O'qildi: 597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик