Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Valverde: "Yamal Messidan yaxshiroq bo‘ladimi yoki yo‘q, buni faqat vaqt ko‘rsatadi"

Valverde: "Yamal Messidan yaxshiroq bo‘ladimi yoki yo‘q, buni faqat vaqt ko‘rsatadi"

Baho:
+ | -

"Atletik" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Barselona" vingeri Lamin Yamalni Lionel Messidan yaxshiroq deb hisoblaysizmi, degan savolga javob berdi.

- Bilmadim. Buni faqat vaqt ko‘rsatadi. Laminning darajasi juda baland. Messi ko‘p yillar davomida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan, har bir o‘yinda buni doim isbotlab kelgan. Lamin endigina o‘z yo‘lini boshlayapti. U hali juda yosh va uning katta kelajagi bor," - deya Valverdening so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Messi "Barselona"ning afsonasi va tarbiyalanuvchisi. U 2000 yildan 2021 yilgacha klub tizimida bo‘lgan. Yamal ham "La Masiya"dan chiqqan. Joriy mavsumda 18 yoshli vinger barcha turnirlarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 08:56, 23.11.2025.
O'qildi: 1157 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик