"Barselona" 21 sentyabrdan buyon ilk marta "quruq" o‘yin o‘tkazdi.
Kataloniyaliklar shanba kuni o‘z maydonida La Liganing 13-turida "Atletik"ni (4:0) tor-mor etdi.
Bungacha "ko‘k-anorranglilar" ketma-ket 10 ta o‘yinda o‘z darvozasidan gol olib chiqqandi. Bu o‘yinlarning barchasida "ko‘k-anorranglilar" darvozasini Voysex Shesni qo‘riqlagan. Joan Garsiya esa jarohat sabab bu o‘yinlarni o‘tkazib yuborgandi.














