Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Ashraf Hakimiy «Real»ni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga keldi

Ashraf Hakimiy «Real»ni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga keldi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» va Marokash terma jamoasi hujumkor o‘ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiy avvalroq jarohat olganiga qaramay, La Liganing 13-turidagi «Elche» — «Real» uchrashuvini stadiondan kuzatish uchun tribunaga keldi. Futbolchi o‘zining sobiq klubini shaxsan qo‘llab-quvvatlashni ma’qul ko‘rdi.

Hisob mezbonlar foydasiga 1:0 hisobida bo‘lib turgan vaziyat — 61-daqiqada Hakimiy o‘yinni stadiondan tomosha qilayotgani efirda ko‘rsatildi. Uning tashrifi muxlislar e’tiborini tortdi — chunki u o‘zini tarbiyalagan Madrid klubi bilan hali ham yaqin aloqada.

Shuningdek, 20 noyabr kuni Ashraf Hakimiy Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 5 noyabr kuni Hakimiy Chempionlar Ligasida «Bavariya»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan va shu sababli maydonni tark etgan edi.

Kiritildi: 09:23, 24.11.2025.
O'qildi: 1420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик