Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

Levan Arveladze: "Pro-Liga oson o‘tmasligi aniq edi"

Levan Arveladze: "Pro-Liga oson o‘tmasligi aniq edi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Levan Arveladze klub matbuot xizmatiga yakunlangan mavsum haqida qisqacha fikrlarini bildirdi.

- Ilk navbatda yakunlangan mavsum haqida fikr bildirsangiz?
- Yo‘l oson o‘tmadi. Menda O‘zbekiston Superligasi tajribasi bo‘lgan uchun aytaman, Pro-Liga kuchsiz ko‘ringani yo‘q, bu ligada ham ko‘tarilish, pasayish davri bo‘ldi. Yakunda biz vazifani bajardik va kubokni ko‘tardik.

- Jamoalar soni kam bo‘lgani uchun o‘yinlar ham kamroq bo‘ldi. Uchrashuvlar sonining kamligi sababli o‘rtada dam kunlari ko‘p bo‘lgani futbolchilarga qiyinchilik tug‘dirmadimi?
- Ha, bu ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklar tug‘dirdi. Har bir o‘yinga tayyorlanish uchun deyarli bir yig‘in tashkil qilinayotgandek edi. Bunda biz katta yuklama olardik va rasmiy o‘yinlarni sog‘inardik. Bu esa futbolchini ham ruhan, ham jismonan charchatardi.

- Ushbu mavsumda raqiblardan nimalarni kutgandingiz?
- Umuman olganda oson raqib bo‘lmasligi aniq edi. Albatta, bu Superliga emasligini bilardim, lekin g‘alabalar osonlikcha qo‘lga kiritilmasligini tushunaman.

- Biz "FarDU"ga qarshi o‘yindayoq masalani hal qilishimiz va intrigani so‘nggi turgacha qoldirmasligimiz mumkin edi. O‘sha bahsda nimalar bo‘lib ketdi?
- O‘zimizga ishonch bilan o‘ynayotgandik, bahsni biz nazorat qilib turgandik. Lekin o‘shanda ikki jarimadan uzatilgan to‘plar barchasini o‘zgartirib yubordi. Nimalar bo‘lsa bo‘ldi, bu futbolning ajralmas qismi. Yakunda biz champion sifatida Superligaga qaytdik.

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?
- O‘zbekistondagi uchinchi mavsumim ham sermahsul o‘tdi: ikkita sovrin ko‘tardim (kuladi). Ko‘ramiz, keyingi mavsum qayerda bo‘lsam ham bor kuchim bilan o‘ynashga, yanada sermahsul bo‘lishga, yana bir sovrin ko‘tarishga harakat qilaman. Shuningdek, "Lokomotiv" muxlislarini o‘tgan mavsum bilan tabriklayman.

Manba: "Локомотив" матбуот хизмати
Kiritildi: 17:24, 24.11.2025.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.