Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

FIDE Jahon kubogi: Javohir Sindarov yana durang o‘ynadi, Yoqubboyev esa 4-o‘rinni egallab, 50 ming dollarni qo‘lga kiritdi

FIDE Jahon kubogi: Javohir Sindarov yana durang o‘ynadi, Yoqubboyev esa 4-o‘rinni egallab, 50 ming dollarni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Hindistonning Goa shahrida yakunlanib borayotgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasida buun final va 3-o‘rin uchun bahslarda javob partiyalari o‘tkazildi.

Javohir Sindarov bugun xitoylik Vey Yiga qarshi qora donalarda o‘ynadi. Sportchilar qisqa vaqt ichida 30 ta yurishni amalga oshirishdi va yakunda durangga imzo chekishdi. G‘olib nomi ertaga o‘tkaziladigan tay-brek partiyalarda aniqlanadi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan ilk bahsda Nodirbek Yoqubboyev rossiyalik Andrey Yesipenkoga imkoniyatni boy bergan edi. Shu bois bo‘lsa kerak, hamyurtimiz bugun bir qator hujumkor yurishlar orqali tavakkalchilikka bordi. Raqib esa juda aniq yurishlarni topdi. Oqibatda Yesipenko bu safar ham g‘alaba qozondi.

Rossiyalik shaxmatchi 3-o‘rin orqali jahon toji uchun talabgorlar musobaqasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Yoqubboyev to‘rtinchi o‘rin bilan cheklandi. Bu orqali Nodirbek 50 ming AQSH dollariga ega bo‘ldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:27, 25.11.2025.
O'qildi: 1299 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик