"Chelsi" vingeri Estevao Villian "Barselona"ga qarshi o‘yindan so‘ng (3:0) Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
"Lamin - fantastik futbolchi. U dunyodagi ikkinchi eng yaxshi futbolchi darajasiga chiqdi. U haqida yomon gapirishga hech qanday sabab yo‘q", - dedi 18 yoshli braziliyalik futbolchi.
Estevao kecha "ko‘k-anorranglilar"ga qarshi o‘yinda 1 ta gol urdi va jamoasining eng faol futbolchilaridan bo‘ldi.













