"Liverpul" o‘tkazib yuborilgan gollar bo‘yicha antirekordni takrorladi.
Arne Slot jamoasi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turida PSVga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:4).
Bungacha "qizillar" APLda "Nottingem Forest" (0:3) va "Manchester Siti"ga (0:3) yutqazgandi.
Mersisaydliklar 1992 yil sentyabr oyidan beri birinchi marta barcha turnirlarda ketma-ket 3 ta o‘yinda 3 ta va undan ko‘p gol o‘tkazib yuborishdi.













