Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Nyukasl" futbolchisi Londonga yo‘l olishi mumkin

"Nyukasl" futbolchisi Londonga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

“Kristal Pelas” qishki transfer oynasida markaziy yarim himoyachi Jo Uillokni jamoaga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

“Arsenal” tarbiyalanuvchisi hozirda “Nyukasl” tarkibidagi o‘rnini yo‘qotib bormoqda. Yozda Jeykob Remzining "Aston Villa"dan sotib olinishidan so‘ng, Uillok jamoada deyarli oltinchi tanlovga aylangan.

Londonliklar bitim amalga oshishi mumkin, deb hisoblamoqda va 26 yoshli futbolchini kelasi oy Londonga qaytarishni istamoqda.

Ma’lum qilinishicha, “Nyukasl” Uillok uchun avval to‘lagan taxminan 21 million funtga yaqin miqdorda pul talab qilishi mumkin. Bu qaror klubning PSR (moliyaviy barqarorlik qoidalari) talablarini bajarishi bilan bog‘liq.

Uillok joriy mavsumda jami 8 ta o‘yinda 277 daqiqa maydonda harakat qildi va 1 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 11:05, 27.11.2025.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик