Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Proliga-2026 ishtirokchilarini o‘rganish ishlari boshlandi

Proliga-2026 ishtirokchilarini o‘rganish ishlari boshlandi

Baho:
+ | -
Liga avvalroq "Superliga reglamenti"ni taqdim etgandi. Endilikda "Pro liga reglamenti" loyihasi ishchi variantda saytga yuklandi.

Ertaga — 28 noyabr kuni Birinchi liga musobaqasining 2025 yilgi mavsumi o‘z yakuniga yetadi. Toshkent mezbonlik qilayotgan pley-off bosqichining final o‘yinida "Zamin" hamda "BuxDU" jamoalari o‘zaro maydonga tushadi. Buxoro davlat universiteti jamoasi o‘tgan mavsum ham Birinchi ligada ishtirok etgan bo‘lib, mavsumni o‘z mintaqasida 5-o‘rinda yakunlagandi. Joriy mavsumda jamoa o‘sishga erishib, G‘arbiy mintaqada uchlikka kirdi va pley-offda finalga qadar yetib keldi. O‘zagini to‘liq yangilagan "Zamin" o‘tgan mavsum chorak finalda "FarDU" bilan to‘qnash kelib, imkoniyatni boy bergandi. Bu yil esa Markaziy mintaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va hal qiluvchi final o‘yiniga qadar yetib keldi. 

“Birinchi liga reglamenti”ning 5.10-bandiga ko‘ra mavsum yakuniga ko‘ra Proliga yo‘llanmasi qaysi jamoaga taqdim etilishi hamda Birinchi ligani qaysi jamoa tark etishi masalasi Liga tomonidan aniqlanishi belgilab qo‘yilgan. Ya’ni, Superliga va Proliga musobaqasi o‘rtasida sport prinsiplari birlamchi bo‘lsa, Pro liga ishtirokchilarini aniqlab olishda Liga jamoalarning unga qanchalik tayyor ekanligini monitoring qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, Liga qaror qabul qilishda mavsum davomida jamoalarning musobaqalardagi ishtiroki, hujjatlarni yuritish ishlari, buxgalteriya hisobotlari, maydonlar va ulardagi o‘zgarishlar, lisenziyalash talablariga qanchalik mos tushish kabi holatlar xulosasiga tayanadi.

Pro ligada ishtirok etish istagida bo‘lgan jamoa “Pro liga reglamenti” orqali uning talablarini o‘rganib chiqishi mumkin. Ayni vaqtda Liga bir qator jamoalar bilan o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Proliga talablariga javob berishi shartida ular keyingi ishtirokini mazkur musobaqada davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:39, 27.11.2025.
O'qildi: 580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.