Chempionlar Ligasi 5-turida "Liverpul" o‘z maydonida PSVni qabul qildi va yirik 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Ushbu o‘yinda mersisaydliklar hujumchisi Ugo Ekitike jarohat oldi. "Qizillar" bosh murabbiyi Arne Slot fransiyalik forvardni 62-daqiqada majburiy tarzda Aleksandr Isakka almashtirdi.
Ekitikening jarohat tafsilotlari hozircha aniq emas. U tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.













