Kirish Ro'yxatdan o'tish

Asadxo‘ja Mo‘ydigxo‘jayev va Javohir Ummataliyev ertaga prof boksdagi debyut janglarini o‘tkazishadi

Asadxo‘ja Mo‘ydigxo‘jayev va Javohir Ummataliyev ertaga prof boksdagi debyut janglarini o‘tkazishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, bir necha kun avval Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev hamda Javohir Ummataliyev "Queensberry Promotions" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Ertaga bo‘lsa vakillarimiz professional boksdagi o‘z janglarida ringga ko‘tariladi.

Bahslar Rossiya Federasiyasining  Chelyabinsk shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida bo‘lib o‘tadi. Ular bugun tarozidan o‘tib olishdi.

24 yoshli Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va ikki karra Jahon chempioni Asadxo‘jaga musobaqa doirasida qozog‘istonlik Aydos Tastayev (8-7-0) raqiblik qiladi.

Yana bir Jahon chempioni Javohir Ummataliyev esa Ozarbayjon vakili Rahim Aliyevga (3-0-0) qarshi ringga chiqadi.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 21:43, 27.11.2025.
O'qildi: 1002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик