Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Futzal. «Sariq qit’a» XVIII Osiyo Kubogiga qizg‘in hozirlanmoqda

Futzal. «Sariq qit’a» XVIII Osiyo Kubogiga qizg‘in hozirlanmoqda

Baho:
+ | -

2026-yilning 27-yanvar sanasidan 7-fevralga qadar Osiyo futzal ishqibozlarining nigohi Indoneziya mamlakatiga qaratiladi. Dunyodagi eng katta Malay arxipelagining 17,5 ming oroli va Yangi Gvineya orolining g‘arbiy qismida joylashgan mazkur mamlakat hududi 1904,6 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi va poytaxti Jakarta shahri sanaladi.

Indoneziya Osiyo Kubogi bahslariga ikkinchi marta mezbonlik qilmoqda. Muqaddam, futzal jamoalari mazkur mamlakatga 2002-yilgi qit’a Kubogi­­­­­da kuch sinashish uchun tashrif buyurishgandi. Oradan 24 yil o‘tib yana qit’amizning barcha futzal jamoatchiligi mazkur mamlakatda jamlanishadi.

2026-yilgi Osiyo Kubogi bahslarini qabul qilishga poytaxtdagi ikkita yirik sport majmuasi – Indoneziya Arena hamda Jakarta Xalqaro Velodromi tayyorgarlik ko‘rmoqda. Indoneziya Arena sport majmuasi poytaxt markazida barpo etilgan yangi sport inshooti bo‘lib, rasman 2023-yilning 7-avgust sanasida ochilgan va universal sport saroyi o‘z bag‘riga 16500 tomoshabinni sig‘dira oladi. Jakarta Xalqaro Velodromi poytaxtning sharqiy qismidagi Ravamangunda 2018-yilgi Osiyo o‘yinlari munosabati bilan qurib foydalanishga topshirilgan va 8500 tomoshabinga mo‘ljallangan.

Osiyo Kubogi-2026 musobaqasining “A” hamda “S” guruhlari bahslari – Indoneziya Arenada, “B” hamda “D” guruhi o‘yinlari esa Jakarta Xalqaro Velodromida bo‘lib o‘tadi. Demak, biz O‘zbekiston terma jamoasining guruhdagi barcha uchrashuvlarini poytaxt markazidagi yangi sport arenasidan tomosha qilamiz. Guruhimizda bir paytda boshlanadigan 3-tur bahslarida ham bizning terma jamoa Indoneziya Arenada qoladi, ikkinchi uchrashuv esa Velodromda tashkillashtiriladi.

Osiyo futbol konfederasiyasi guruhimizdagi uchrashuvlar taqvimi hamda o‘yinlarning boshlanish vaqtlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bahs yuritadigan “S” guruhi o‘yinlari taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan (o‘yinlar Indoneziya vaqti bilan berilgan):

2026-yil 28-yanvar, chorshanba
Soat 15:00 — Yaponiya – Avstraliya
Soat 19:00 — O‘zbekiston – Tojikiston

2026-yil 30-yanvar, juma
Soat 15:00 — Avstraliya – O‘zbekiston
Soat 19:00 — Tojikiston – Yaponiya

2026-yil 1-fevral, yakshanba
Soat 15:00 — Yaponiya – O‘zbekiston
Soat 15:00 — Tojikiston – Avstraliya

Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar 3-fevral kuni chorak finalda bahs yuritishadi. Yarim final o‘yinlari 5-fevral sanasiga, final uchrashuvi esa 7-fevralga rejalashtirilgan.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 22:21, 27.11.2025.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.