Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Dovbik Italiya grandining radarida

Dovbik Italiya grandining radarida

Baho:
+ | -

"Milan" "Roma"ning ukrainalik hujumchisi Artyom Dovbikni kuzatmoqda.

Italiyaning "Milan" klubi qishki transferlar vaqtida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. "Midtyulland" sharafini himoya qilayotgan 21 yoshli hujumchi Frankulinoga "rossonerilar" faol qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Tuttomercatoweb.

Bundan tashqari, "Milan" yozda jamoaga o‘tishi mumkin bo‘lgan "Roma" forvardi Artyom Dovbikni hamon kuzatib bormoqda. Biroq, klub Frankulinoning transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ukrainalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Shuningdek, "Milan" muqobil variant sifatida Fransiyaning "Strasburg" klubidan Xoakin Panichelli yoki "Parma"dan Mateo Pellegrino transferini ko‘rib chiqmoqda, ammo ularning transferi qishda amalga oshishi dargumon.

Ma’lumot uchun, Artem Dovbik joriy mavsum "Roma" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ukrainalikning "Roma" bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 19:08, 28.11.2025.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик