Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev professional ringdagi debyutida raqibini nokautga uchratdi

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev professional ringdagi debyutida raqibini nokautga uchratdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Havaskor boksda Olimpiya chempioni bo‘lgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Rossiyaning Chelyabinsk shahrida o‘tkazilgan boks oqshomida professional boksdagi ilk jangini o‘tkazdi.

Unga qozog‘istonlik Aydos Tastayev (8-7-0) raqiblik qildi. Jang ikkinchi raunddayoq yakunlandi. Mo‘ydinxo‘jayev ketma-ket kuchli zarbalar bilan raqibini texnik nokautga uchratdi.

Shu kecha doirasida havaskor boks bo‘yicha Jahon chempioni Javohir Ummataliyev ham ringga ko‘tarildi. U 6 raundlik debyut jangida ozarbayjonlik Rahim Aliyevni (3-0-0) hakamlar qarori bilan mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — havaskor boks bo‘yicha Olimpiya chempioni. U -65 kg vazn toifasida jang qiladi. Mo‘ydinxo‘jayev 2024 yil Parij Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u joriy yil Liverpulda o‘tgan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham oltin medalga ega chiqqan.

Javohir Ummataliyev ham sentyabr oyida Liverpulda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. U musobaqa finalida fransiyalik Yojerlen Sesar bilan bahs olib bordi va yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:20, 28.11.2025.
O'qildi: 1327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик