Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yaqinda 40 yoshga kiradigan Ramos Yevropa futboliga qaytadi

Yaqinda 40 yoshga kiradigan Ramos Yevropa futboliga qaytadi

Baho:
+ | -

Himoyachi Serxio Ramos fevral oyidan beri "Monterrey" sharafini himoya qilmoqda. 39 yoshli futbolchining shartnomasi dekabr oyining so‘nggi kunida yakuniga yetadi va u uzaytirilmaydigan ko‘rinadi.

Goal portalining El Chiringuito dasturi va AS nashriga tayanib xabar berishicha, Ramos Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda. Unga oilasining xohish-istaklari va jahon chempionati arafasida Ispaniya terma jamoasiga qaytish istagi sabab bo‘lmoqda.

Serxio Ramos o‘ynashi mumkin bo‘lgan jamoalar sifatida Italiyaning "Roma", Germaniyaning "Bayer" va Fransiyaning "Marsel" klublari tilga olinmoqda.

Mart oyida Serxio Ramos 40 yoshga to‘ladi. Nufuzli "Transfermarkt" portali futbolchini 1 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:24, 28.11.2025.
O'qildi: 5331 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик