Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Javohir Sindorov: “Jahon kubogi — hayotimdagi eng ajoyib lahzalardan biri bo‘ldi”

Javohir Sindorov: “Jahon kubogi — hayotimdagi eng ajoyib lahzalardan biri bo‘ldi”

Baho:
+ | -

Shaxmat bo‘yicha 2025 yilgi Jahon kubogi g‘olibi, 19 yoshli o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) rasmiy sahifasiga intervyu berdi. Sportchi unda musobaqaning hal qiluvchi pallasidagi hissiyotlari va finalga tayyorgarligi haqida gapirdi.

Sindorov Jahon kubogidagi g‘alabasini shaxmatdagi faoliyati uchun eng muhim voqealardan biri sifatida baholadi:

“Turnir juda uzoq va og‘ir o‘tdi. Chempionlikni qo‘lga kiritganimdan xursandman. Bu men uchun hayotimdagi eng ajoyib lahzalardan biri bo‘ldi. Jahon kubogi — hozirgacha yutgan eng nufuzli musobaqam. Shuningdek, Nomzodlar turniriga yo‘llanma olganimdan juda baxtiyorman. Hali o‘z ustimda ko‘p ishlashim kerak, mening shaxmatdagi yo‘lim endi boshlanmoqda”.

Uning navbatdagi asosiy maqsadlaridan biri — reytingini 2750 ga yetkazish va dunyoning eng kuchli sakkiz shaxmatchisi qatoriga kirish.

“Murabbiyim har doim 2750 reyting ball olishim, keyin eng kuchli sakkizlikka kirishim kerakligini eslatadi. Buning uchun ishlash, ishlash va yana ishlash zarur. Ikki-uch kun dam olaman, keyin fevralgacha ketma-ket turnirlarda qatnashaman. Shundan so‘ng nomzodlar turniriga tayyorgarlik boshlanadi”, deydi u.

Sindorov chempionlikdan keyin kelgan tabriklar haqida ham so‘z yuritdi.

“Juda ko‘p tabriklar oldim. Barchasi men uchun qadrli. Ammo Prezidentimizning e’tibori meni alohida baxtli qildi. Hissiyotlarimni so‘z bilan ta’riflash qiyin. Oilamning oxirgi kunlarda shu yerga kelib, meni qo‘llab-quvvatlagani ham kuch berdi. Ular ovqat, shokolad, milliy taomlarimizni olib kelishdi”, dedi grossmeyster.

U finaldagi taktika, Vey Liga qarshi tanlangan strategiya va tay-brekdagi muhim lahzalar haqida ham to‘xtaldi.

“Vey Li debyut variantlarni juda yaxshi biladi. Debyutda unga qarshi ustunlik olish qiyin. Shu sabab 5+3 yoki 2+2 kabi qisqa vaqt nazorati biz uchun qulay bo‘ladi, deb o‘yladik. Tayyorlagan qopqonlarimiz bor edi. 15+10 va 10+10 partiyalarida ishonchli o‘ynadim, chunki raqib bu vaqtda bosimiga tushib qoldi”, deydi Sindorov.

U hal qiluvchi epizod sifatida tay-brekning ikkinchi partiyasini esladi:

“Filni E7ga chiqarib, fillarni almashtirgach, vazirni H4ga qo‘yishim uning imkoniyatlarini keskin kamaytirdi. U 10 soniyada juda murakkab variantlarni topishi kerak edi — bu deyarli imkonsiz. Oxiri vaqtdan yutqazdi. Men esa taktik imkoniyatni topdim va juda xursand bo‘ldim”.

Sindorov murabbiy va hamkorlardan biri — grossmeyster Muhiddin Madaminovning rolini ham alohida tilga oldi.

“Muhiddin Madaminov bilan 2+2 va 2+1 formatida juda ko‘p mashg‘ulotlar o‘tkazdik. U juda ayyor shaxmatchi, ikki-uch yurishli kombinasiyalarni topishda menga katta yordam berdi. Strategiyamiz rapid va blisda juda yaxshi ishladi”, dedi 19 yoshli grosmeyster.

Suhbat yakunida Javohir yaqin kelajakdagi rejalari haqida gapirdi:

“Hozir faqat dam olmoqchiman. Uch-to‘rt kun uyda hordiq chiqaraman. Keyin Janubiy Afrikaga yo‘l olaman: GCL, Yevropadagi turnirlar, Veyk-an-Zee, Tata Steel Chess India, rapid va blis bo‘yicha Jahon chempionati — dam olishga vaqt bo‘lmaydi. Kelasi turnirlarda ham yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilaman. Hammaga rahmat”.

Ma’lumot uchun, Javohir Sindorov bundan avval 2022 yil Hindistonning Chennay shahrida o‘tgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:17, 29.11.2025.
O'qildi: 812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.