Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonso "Real" yulduzlari bilan uchrashdi

Xabi Alonso "Real" yulduzlari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning bir qator yetakchilari bilan uchrashdi. Muhokamalar Afinada "qaymoqranglilar" Chempionlar Ligasi doirasida "Olimpiakos" ustidan qozonilgan g‘alabadan (4:3) ko‘p o‘tmay bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda jurnalist Migel Anxel Dias.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Vinisius Junior va Federiko Valverde ishtirok etgan. Bosh murabbiy jamoadagi hozirgi vaziyat bo‘yicha futbolchilarning fikrini eshitdi.

Bugun "Real" La Liganing 14-turida "Jirona" mehmoni bo‘ladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da start olishi rejalashtirilgan. G‘alaba qozongan taqdirda, Madrid grandi jadvalning birinchi o‘rniga qaytadi.

Kiritildi: 12:38, 30.11.2025.
O'qildi: 1395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик