Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi: "Yana bir muhim qadamni tashlash qoldi"

Messi: "Yana bir muhim qadamni tashlash qoldi"

Baho:
+ | -

"Inter Mayami" MLS Sharqiy konferensiyasi pley-off bosqichi g‘olibi bo‘ldi. Final bahsida "qarg‘alar" "Nyu-York Siti" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi - 5:1. Tadeo Alende xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Mateo Silvetti va Telasko Segoviya bittadan gol urdi. Lionel Messi o‘z hisobiga golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

"Sharqiy konferensiya chempioniga aylandik. Yana bir muhim qadamni tashlash qoldi - oldinda MLS kubogi finali," - deb yozdi 38 yoshli argentinalik futbolchi o‘yin yakunlanganidan ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarda.

Liga pley-off finalida "Inter Mayami" G‘arbiy konferensiya g‘olibi - "Vankuver Uaytkeps" bilan to‘qnash keladi. Hal qiluvchi o‘yin 6 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:00, 30.11.2025.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик