Kirish Ro'yxatdan o'tish

Amorim "Manchester Yunayted"ga yangi yarim himoyachi tanladi

Amorim "Manchester Yunayted"ga yangi yarim himoyachi tanladi

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" xavbeki Adam Uorton "Manchester Yunayted"ning kelasi yil yozidagi transfer istaklari ro‘yxatida bor. Bu haqda Mirror jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar ustozi Ruben Amorim 21 yoshli yarim himoyachini "Old Trafford"ga taklif etish tashabbuskori hisoblanadi. Shu bilan birga, futbolchining sharti bor - u kelasi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etishni kafolatlaydigan klubga o‘tishga tayyor.

Uortonning bozor narxi 60 million yevroni tashkil etadi. Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Adam joriy mavsum "burgutlar" safida 17 ta jang o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 14:46, 30.11.2025.
O'qildi: 1238 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик