Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan" Sherifni kuzatmoqda

"Milan" Sherifni kuzatmoqda

Baho:
+ | -

Yosh hujumkor futbolchi qidirayotgan Italiyaning "Milan" klubi Fransiya chempionatining eng umidli futbolchilaridan birini nishonga oldi. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, gap "Anje" sharafini himoya qilayotgan 18 yoshli hujumchi Sidiqi Sherif haqida ketmoqda. "Rossonerilar" skaut xizmati uning o‘yinlarini joriy mavsum boshidan buyon kuzatib kelmoqda va uni kelajak uchun xarid sifatida ko‘rmoqda.

Sherifning "Anje" bilan shartnomasi 2028 yil iyunigacha amal qiladi, bu esa uning klubini rasmiy taklif bo‘lgan taqdirda muzokaralar uchun kuchli pozisiyaga qo‘yadi.

Joriy mavsumda narxi 2 million yevroga baholanayotgan futbolchi chempionatning 14 o‘yinida 3ta golga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 17:45, 01.12.2025.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик