Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Atletiko" Gallaxerni "MYU"ga 30 mln yevroga sotishi mumkin

"Atletiko" Gallaxerni "MYU"ga 30 mln yevroga sotishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Konor Gallaxer yanvar oyidayoq "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin. Klub uning transferi uchun narx belgiladi. Ispan klubi taxminan 30 mln yevro olishni istamoqda.

"Menimcha, Gallaxer qishda yoki yozda "Atletiko"ni tark etish imkoniyatiga ega. Hammasi bitim shartlariga bog‘liq bo‘ladi. Avgust oyi oxirida unga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirgandi, ammo o‘shanda "Atletiko" ijaradan voz kechgandi. Agar to‘laqonli transfer bo‘yicha taklif tushsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin. Manbalar ma’lumotiga ko‘ra, 30 mln yevro atrofidagi narx Gallaxerni yanvarda sotib olish uchun oqilona variant hisoblanadi," - deya ma’lum qildi insayder Fabrisio Romano.

Konor Gallaxer 2024 yilning yozida 39 million yevro evaziga "Atletiko"ga o‘tgandi. Joriy mavsumda angliyalik futbolchi madridliklar safida bor yo‘g‘i uchta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Kiritildi: 11:16, 02.12.2025.
O'qildi: 620 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик