"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqishi mumkin.
Serbiyalik futbolchi A Seriya 13-turidan o‘rin olgan "Kalyari"ga (2:1) qarshi o‘yinda chap oyog‘i mushagidan jarohat oldi. U uchrashuvning 31-daqiqasida zaxiraga olindi.
Kecha Turin klubi futbolchida yaqinlashtiruvchi uzun mushakning mushak-pay birikmasida jiddiy shikastlanish borligini ma’lum qildi. Sky Sport’ning yozishicha, odatda bunday jarohatlardan keyin tiklanish 3 oydan 5 oygacha davom etadi. Keyingi tekshiruvlar konservativ davolash yetarli bo‘lishi yoki jarrohlik aralashuvi kerakligini aniqlab beradi.













