"Neftchi" bilan Superligada chempionlikni qo‘lga kiritgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev jamoani tark etdi. Bu haqda Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev o‘z telegram-kanalida xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli chap qanot himoyachisiga "Navbahor" asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Yo‘ldoshev "Neftchi" tarkibida jami 24 ta o‘yinda 6 ta golda ishtirok etdi - 4 ta gol, 2 assist.













