"Manchester Siti" so‘nggi 4 o‘yinda 10ta gol o‘tkazib yubordi.
Seshanba kuni Pep Gvardiola jamoasi APLning 14-turidan o‘rin olgan "Fulxem"ga qarshi bahsda 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.
So‘nggi 4ta o‘yinda "Manchester Siti" 2ta g‘alaba va 2ta mag‘lubiyat qayd etgan. Bu oraliqda "shaharliklar" 10 ta o‘tkazib yuborilgan gol evaziga 9 ta gol urishdi.

6 dekabr kuni "Man Siti" "Sanderlend"ga qarshi bahs olib boradi.













