Kataloniyaning "Barselona" klubi Ispaniya chempionati doirasida Madridning "Atletiko" jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa Kataloniya superklubi o‘z himoyachisi Jyul Kundening yubileyini nishonladi.
Fransiyalik futbolchi "Barsa" sharafini himoya qilgan barcha turnirlarni hisobga olgan holda "Barselona" safidagi 160-uchrashuvini o‘tkazdi. Kataloniya klubida o‘ynagan fransiyalik futbolchilar orasida faqat ikkitasi oldinda - Erik Abidal "Barselona" safida 193 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, Usmon Dembele - 185 ta.
Eslatib o‘tamiz, Jyul Kunde hozirgi klubiga 2022 yilda Ispaniyaning boshqa bir klubi - "Sevilya"dan ko‘chib o‘tgan edi.













