Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Novak Jokovich 2026-yilgi mavsumga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

Novak Jokovich 2026-yilgi mavsumga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

Baho:
+ | -

“Katta dubulg‘a” turnirlarining 24 karra g‘olibi, jahonning sobiq birinchi raketkasi va 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Novak Jokovich Serbiyaning Mondo nashriga intervyu berdi. Unda serbiyalik tennischi 2026-yilgi mavsumga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida so‘zlab berdi.

“Qisqa tanaffus oldim, texnik atama bilan aytadigan bo‘lsam, o‘z ‘motor’imni qayta sozlashga urinyapman. So‘nggi 18 oy ichida tez-tez jarohat oldim. Shuning uchun tanamni tiklashga harakat qilyapman, kelasi mavsumni zo‘r holatda boshlashni istayman. Umid qilamanki, eng kuchlilar bilan raqobatni davom ettira olaman”, deydi Jokovich.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli Novak Jokovich 2025-yilda barcha “Katta dubulg‘a” turnirlarida yarim finalga yetib borgan, shuningdek, Jeneva (Shveysariya) va Afina (Gresiya) shaharlarida o‘tkazilgan Masters turnirlarida g‘olib chiqqan.

Jokovich hozirda ATP reytingida 4-o‘rinni egallab turibdi. U faoliyati davomida 100 dan ziyod turnirda g‘alaba qozongan va dunyoning birinchi raketkasi unvonini eng ko‘p — 428 hafta davomida saqlab qolgan holda rekord o‘rnatgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:37, 03.12.2025.
O'qildi: 720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик