Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kompani Gvardiolaning o‘rinbosari bo‘lishga tayyormi?

Kompani Gvardiolaning o‘rinbosari bo‘lishga tayyormi?

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani kelajakda "Manchester Siti"da ishlashi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi. OAVda aynan Kompani Xosep Gvardiolaning o‘rinbosari bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

"Futbolda hech qachon uzoqni o‘ylamaslik kerak. Hozir 100 foiz e’tiborimni "Bavariya"ga qaratganman. Men shunchaki hozirgi kun bilan yashashni istayman. Boshqa narsalar haqida fikrim yo‘q," - deya Kompani so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Kompani "Bavariya"ni 2024 yilning yozida qabul qilib olgandi. Ayni vaqtda jamoa 12 turda 34 ochko to‘plagan holda Bundesligada peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 13:07, 04.12.2025.
O'qildi: 555 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик