Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Muhriddin Zoirov: «Keyingi yil Superligada ham to‘purar bo‘lishga harakat qilaman»

Muhriddin Zoirov: «Keyingi yil Superligada ham to‘purar bo‘lishga harakat qilaman»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" hujumchisi Muhriddin Zoirov klub matbuot xizmatiga mavsum yakunlari haqida fikr bildirdi.

— Mavsum yakunlari haqida. Bu mavsum biz uchun kutilgandan qiyinroq o‘tdi. Bunga nima sabab deb o‘ylaysiz?

— Avvalambor hammaga assalomu alaykum. Mavsumga keladigan bo‘lsak, biz uchun qiyin bo‘lgani — barcha raqiblar «Lokomotiv»ga qarshi yuqori kayfiyatda o‘zini ko‘rsatish uchun maydonga tushishadi. Shu sababli biz uchun har bir o‘yin, mavsum qiyin o‘tdi. Chunki «Lokomotiv» oddiy jamoa emas, barcha jamoalar ushbu jamoaga qarshi bor kuchi bilan harakat qiladi.

— Mavsumning ikkinchi qismi oldidan bosh murabbiy o‘zgarganidan keyin sizdagi sermahsullik oshib ketdi. Bu aynan murabbiylar o‘zgarishi bilan bog‘liqmi?

— Murabbiylarda bo‘lgan o‘zgarish men va jamoaning maqsadini o‘zgartirmadi — Superligaga chiqish. Muhimi biz buni uddaladik. Vazifam — gol urish. Men shunga harakat qildim va buni uddaladim.

— Bu mavsumda nechta gol urishni maqsad qilgandingiz? Mavsumdagi natijalarizdan qoniqish hosil qildingizmi?

— Urgan gollarimga kelsak, barchasi onamning duolari va Allohdan. Yuzim yorug‘ bo‘ldi, jamoani uyaltirib qo‘ymadim. Barchasidan xursandman.

— Keyingi mavsumdagi maqsadlar qanday?

— Yangi mavsumga ham tayyorgarlikni kuchlilashtirib, Superligada ham to‘purar bo‘lishga harakat qilaman, yuqorida aytganimdek — barchasi onamning duolari va Allohdan. Men o‘z mehnatimni qilishda davom etaman va jamoam bilan yuqori o‘rinlarni egallashga harakat qilaman. Keyingi mavsumda barchasi yaxshi bo‘ladi deb o‘ylayman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:55, 04.12.2025.
O'qildi: 709 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.