Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Muhammad Saloh «portladi»: «Ehtimol, keyingi o‘yinim «Enfild»dagi so‘nggisi bo‘lar»

Muhammad Saloh «portladi»: «Ehtimol, keyingi o‘yinim «Enfild»dagi so‘nggisi bo‘lar»

Baho:
+2 | -

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh APL 15-turidan o‘rin olgan "Lids"ga qarshi o‘yindan (3:3) so‘ng keskin bayonot bilan chiqdi.

«Juda xafaman. Bu klub uchun qancha mehnat qilganimni hamma ko‘rib turibdi — yillar davomida, ayniqsa o‘tgan mavsumda. Zaxira o‘rindig‘ida qoldirilish esa… nega bunday bo‘lganini bilmayman.

Men ko‘p marta bosh murabbiy bilan munosabatim yaxshi ekanini aytganman. Hozir esa munosabat qolmadi. Nima uchun bunday bo‘lganini bilmayman.

Rostini aytsam, bu men uchun qabul qilib bo‘lmaydigan holat. “Mo — muammo, demak uni chetga surib qo‘yish kerak” - lekin men o‘zimni muammo deb hisoblamayman.

Kecha onamga telefon qildim. U mening bugun asosiy tarkibda tushmasligimni bilmasdi, men esa bilardim. Unga: “Braytonga qarshi o‘yinga kelaver, o‘ynasam ham, o‘ynamay qolsam ham farqi yo‘q — baribir zavq olaman”, dedim.

Axir o‘yin "Enfild"da bo‘ladi. Bu Afrika Millatlar Kubogiga ketishimdan oldingi hayrlashuvim bo‘ladi»

Klub yozda katta va’dalar bergandi, endi esa uch o‘yinda maydonga tushirilmadim. Ular va’dasida turishdi deya olmayman.

Menimcha, boshqa kimdir bilan bu sodir bo‘lganda, klub yonini olgan bo‘lardi. Men bilan nega bunaqa bo‘layotgani tushunarsiz.

Men klub uchun borimni berdim. O‘z o‘rnim uchun har kuni kurashishim shart emas, chunki u meniki, unga haqliman.

Bilaman ertaga Karrager chiqib meni tanqid qiladi. Qilaversin.

Kelganimdan beri hech kim menchalik ko‘p gol urmadi, assist qilmadi. Esimda, Harri Keyn o‘n o‘yinda gol urmasa, «Harri gol uradi hali» deyishadi, Salohga kelganda - «u zaxirada o‘tirishi kerak». Uzr, Xarri», - dedi 33 yoshli misrlik superyulduz.

Saloh joriy mavsumda mersisaydliklar uchun jami 19 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 3 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 04:00, 07.12.2025.
O'qildi: 4078 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.