Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

A Seriya. «Napoli» Xyoylundning dubli evaziga «Yuventus»ni yengdi

A Seriya. «Napoli» Xyoylundning dubli evaziga «Yuventus»ni yengdi

Baho:
+ | -

"Napoli" Italiya chempionatining 14-turida o‘z maydonida "Yuventus"ni mag‘lub etdi - 2:1.

Uchrashuvning 7-daqiqasida "Napoli" hujumchisi Rasmus Xyoylund hisobni ochgan bo‘lsa, 59-daqiqada yarim himoyachi Kenan Yildiz javob golini urdi. 78-daqiqada Xyoylund yana mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

"Napoli" barcha turnirlarda qatorasiga beshinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. U A Seriya turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi - jamoa 14 o‘yindan keyin 31 ochko to‘plagan. "Yuventus" ketma-ket uch g‘alabadan iborat seriyasiga barham berib, yettinchi o‘rinda bormoqda (14 o‘yindan so‘ng 23 ochko).

"Napoli" 15-turda 14 dekabr kuni "Udineze" mehmoni bo‘ladi. "Yuventus" shu kuni "Bolonya" maydoniga safar qiladi.

A Seriya. 14-tur

8 dekabr, 00:45

Napoli - Yuventus - 2:1

Gollar: Xyoylund, 7 (1:0). Kenan Yildiz, 59 (1:1). Xyoylund, 78 (2:1)

Napoli: Milinkovich-Savich, Rraxmani, Buondjorno, Bekema, Maktominay, Elmas, Olivera (Spinassola, 70), Di Lorenso, Lang (Vergara, 86), Neres (Politano, 79), Xyoylund

Yuventus: Di Gregorio, Kelli, Kopmeyners, Kalyulyu, Lokatelli, Tyuram (Jegrova, 82), Kabal (David, 46), Kambyaso (Kostich, 71), Makkenni, Konseysau (Miretti, 75), Kenan Yildiz (Openda, 76)

Ogohlantirishlar: Buondjorno, 33. Bekema, 70 - Kalyulyu, 52

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:14, 08.12.2025.
O'qildi: 1105 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик