Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Van Deyk, Saloh va «Liverpul»ning boshqa yetakchi futbolchilari Arne Slotning iste’foga chiqarilishini istashmoqda

Van Deyk, Saloh va «Liverpul»ning boshqa yetakchi futbolchilari Arne Slotning iste’foga chiqarilishini istashmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» sardori Virjil van Deyk va «qizillar»ning boshqa bir qator yetakchi o‘yinchilari jamoa bosh murabbiyi Arne Slot bilan munosabatlari murakkab ekanini aytgan Muhammad Saloh tomoniga o‘tishdi.

Futbolchilar niderlandiyalik mutaxassisning ishdan bo‘shatilishini istashmoqda, deb xabar beradi britaniyalik jurnalist Jeyms Uotlend o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida.

Avvalroq Saloh Slotni, jumladan, hurmatsizlikda ayblagan edi. Arne Slot «Liverpul»ni 2024 yil yozida qabul qilib olgan. Uning rahbarligi ostida «qizillar» 2024/2025 mavsumida Angliya chempionatida g‘olib chiqqan.

Bugungi kun holatiga ko‘ra, mersisaydliklar APL turnir jadvalida 15 o‘yinda 23 ochko to‘plab, to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 12:16, 08.12.2025.
O'qildi: 1688 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик