Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Liverpul" Saloh bilan bog‘liq vaziyat fonida "Leypsig" hujumchisiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi

"Liverpul" Saloh bilan bog‘liq vaziyat fonida "Leypsig" hujumchisiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" "Leypsig" hujumchisi Yan Diomande bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar bermoqda TEAMtalk.

Manbaga ko‘ra, ingliz jamoasi skautlari "Leypsig"ning "Ayntraxt"ga (6:0) qarshi o‘yinida ishtirok etishgan va unda 19 yoshli ivuarlik futbolchi uchta gol urgan.

Diomandega bo‘lgan qiziqish "Liverpul"ning misrlik forvardi Muhammad Saloh bilan bog‘liq vaziyat fonida kuchayishi mumkin. Hozirda Slot va jamoani tanqid qilgan misrlik yulduz tarkibdan chetlatilgan.

Diomande 2025/26 yilgi mavsumda 15 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Leypsig" bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 20 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 13:07, 09.12.2025.
O'qildi: 843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик